Oriental University — Header

Angliyaning AMBA & BGA tashkilotlari bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda!

Bugun Oriental universitetida Angliyaning Association of MBAs va Business Graduates Association tashkilotlari vakillari — Biznesni rivojlantirish bo‘limi rahbari Richard Turner hamda Delegatlar bilan ishlash bo‘yicha menejer Anna Hopley rasmiy tashrif bilan mehmon bo‘ldi. Tashrif doirasida mehmonlar universitet rektori Nozim Mamataxunov bilan muzokaralar olib bordilar. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda Oriental universitetini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Ma’lumot uchun: AMBA & BGA (The Association of MBAs & Business Graduates Association) — biznes ta’limi bo‘yicha dunyodagi “Oltin standart” hisoblangan eng nufuzli 3 ta xalqaro akkreditatsiya tashkilotidan biri. Ushbu tashkilot dunyoning top-biznes maktablarini birlashtiradi. Uning akkreditatsiyasiga ega bo‘lish — universitet diplomining butun dunyoda tan olinishi va ta’lim sifatining eng yuqori darajada ekanligini anglatadi.