
Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — vatanmi!
Bugun Oriental universitetida yangi 2024-2025 oʻquv yili boshlanishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 33 yilligi bayrami munosabati bilan “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — vatanmiz» shiori ostidagi “Talabalikka bagʻishlov” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi! Tadbir boshida Davlat madhiyasi yangradi!
Maʼnaviy-maʼrifiy kechani Oriental universiteti rektori Nozimjon Mamatаxunov ochib berdi va eng ulugʻ, eng aziz bayram – davlatimiz Mustaqilligining 33 yilligi bayrami munosabati va yangi oʻquv yili bilan barchani chin qalbdan muborakbod etib, oʻzining samarali mehnati bilan soha rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan professor-oʻqituvchilar, soha vakillari hamda talabalik baxtiga erishgan barcha yoshlarni ushbu quvonchli kun bilan qutladi.
Oriental universiteti jamoasi talabalik baxtiga sazovor boʻlgan barcha yoshlarni samimiy muborakbod etadi!






Teglar:oriental universiteti, tadbir


