Oriental universiteti hamda Latviya universiteti bilan oʻtkazilgan muzokaralar jarayonida ikki universitet oʻrtasida oʻzaro manfaatli xalqaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish masalalari muhokama qilindi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining anjumanlar zalida Oriental universiteti Filologiya fakulteti G‘arb tillari kafedrasi tomonidan xorijiy tillarni o‘qitish va sifatini oshirish, ushbu yo‘nalishda ta’lim sifatini yaxshilash hamda tilshunoslikning zabardast vakili professor Muhammadabbos Irisqulovning 85 yillik yubileyi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Zamonaviy faol globallashuv jarayonida chet tillarni o‘qitishni takomillashtirish asoslari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z yakuniga yetmoqda.

