
LATVIYA UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK!
Oriental universiteti rektori Murodjon Ahmedov, moliya masalalari bo‘yicha prorektor Farrux Quvondiqov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Farruxbek Xudoyberdiyev hamda bo‘lim mutaxassisi Abbosxo‘ja Sattorov xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlash maqsadida Latviya universitetiga rasmiy tashrif buyurdilar. Oriental universiteti va Latviya universiteti o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuvda barqaror akademik sheriklikni shakllantirish, qo‘shma ta’lim tashabbuslarini kengaytirish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.






Muzokaralar jarayonida ikki universitet quyidagi asosiy hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldilar:
🔵 Talabalar uchun akademik mobillikni ta’minlash;
🔵 Qo‘shma va almashinuv dasturlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kreditlarni o‘zaro tan olish (transfer) mexanizmlarini joriy etish;
🔵 O‘zaro kelishilgan yo‘nalishlar doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish;
🔵 Oriental universitetining iqtidorli talabalariga 2+2 dasturi asosida o‘qishning 3- va 4-bosqichlarini Latviya universitetida davom ettirish imkoniyatini yaratish;
🔵 Latviya universitetida tahsil olayotgan talabalarga Erasmus stipendiyalarini olish imkoniyatini taqdim etish;
🔵 Ikki diplom berish amaliyotini joriy etish — Latviya universitetida ikki yil tahsil olgan talabalar Oriental universiteti va Latviya universitetining diplomlariga ega bo‘ladilar;
🔵 Latviya universiteti diplomi egalariga magistratura bosqichida nufuzli xalqaro universitetlarda ta’limni davom ettirish uchun yo‘llanmalar yaratish;
🔵 Oriental universiteti professor-o‘qituvchilari uchun Latviya universitetida kasbiy rivojlanish va malaka oshirish imkoniyatlarini taqdim etish.
Mazkur hamkorlik ikki universitet o‘rtasidagi akademik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqib, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun keng ko‘lamli ta’lim va ilmiy imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.


