
ERONLIK OLIM JA’FAR GOLBAZ ORIENTALDA!
Oriental universitetiga Eron Islom Respublikasi siyosiy hayotida faol ishtirok etgan sobiq parlament vakili, malakali huquqshunos, advokat, fors tili va adabiyoti bo‘yicha yetakchi olim Ja’far Golbaz tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Oriental universiteti rektori Nozim Mamataxunov bilan uchrashuv o‘tkazilib, O‘zbekiston va Eron oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.






Eron Islom Respublikasining yetakchi vakillaridan biri Ja’far Golbaz Oriental universitetiga amalga oshirgan tashrifi davomida oliygoh faoliyati, jumladan, Axborot-resurs markazi, o‘quv jarayoni va talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.






Ma’lumot o‘rnida: Ja’far Golbaz Eron parlamentida Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritgan bo‘lib, Eron siyosiy doiralarida milliy manfaatlarni himoya qiluvchi, huquqiy masalalarda qat’iy pozitsiya egallagan shaxs sifatida tanilgan. Uning faoliyati Eron parlament tarixida mustaqil fikrli deputatlar qatorida ta’kidlanadi.
ORIENTAL MATBUOT XIZMATI


