
E’TIROF!
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalari yakuniga muvofiq, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida Oriental universiteti “Eng katta delegatsiya bilan ishtirok etgan oliygoh” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Universitetimiz jamoasi 20 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Mazkur e’tirof universitet talabalarining sportga bo‘lgan qiziqishi, faolligi va ommaviy sport harakatlaridagi faol ishtirokining yorqin tasdig‘i bo‘ldi. Ushbu natijalarga erishishda talabalarimizning fidoyiligi bilan bir qatorda, universitetimiz futzal va futbol jamoasi bosh murabbiyi Qahramon Sagdiyev hamda Sport klubi raisi o‘rinbosari Narimon Ibragimovning samarali mehnati va tashabbuslari muhim o‘rin tutadi.

Oriental universiteti jamoasini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz!


