
ETS Global bilan hamkorlik memorandumi imzolandi!
Intercontinental mehmonlar zalida TOEFL iBT xalqaro ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Ushbu xalqaro ko’rgazmada Oriental universiteti ham qatnashdi. Uchrashuv davomida Educational Testing Service Global B.V. vitse-prezidenti David Hand, Anna Gutkowska-Zając — Yevrosiyo va Markaziy Osiyo mintaqaviy direktori hamda Oriental universiteti rektori Nozim Mamataxunov Azizovich ishtirokida memorandum imzolandi. Mazkur hamkorlik memorandumi asosida talabalar uchun TOEFL sertifikatlarini topshirish imkoniyatlari yanada kengaytiriladi. Shuningdek, imtihonlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun zamonaviy o‘quv dasturlari, malakali trenerlar va xalqaro standartlarga mos trening jarayonlari yo‘lga qo‘yiladi. Endilikda Oriental universitetida TOEFL imtihonlarini rasman 18-apreldan boshlab topshirishingiz mumkin.


