
Grant loyihasi bo‘yicha xalqaro hamkorlik!
Innovatsion rivojlanish agentligi va Turkiyaning TUBITAK tashkiloti tomonidan e’lon qilingan grant dasturi doirasida Oriental universiteti jamoasi va Recep Tayyip Erdoğan universitetining professor-o‘qituvchilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv davomida ushbu grant bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, innovatsion yondashuvlar qilish va turli yo‘nalishlarda ushbu grant loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Ushbu grant loyihasi turli yo‘nalishlar kesimida bo‘lib o‘tadi. Bu boradagi tafsilotlar haqida batafsil ma’lumot beramiz. Ushbu grant loyihasi koʻplab ilm-fan olimlarini kashf qiluvchi xalqaro darajadagi yana bir manfaatli loyiha bo‘lishiga ishonamiz!


