
«Iqtisod, menejment va pul» jurnali ta’sis etildi!
Shuni mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, Oriental universitetining «Iqtisod, menejment va pul» nomli ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ro‘yxatidan o‘tkazildi hamda agentlikning tegishli guvohnomasini olishga muvaffaq bo‘ldi!
«Iqtisod, menejment va pul» ilmiy jurnali iqtisodiyot, boshqaruv va moliya sohalarida olib borilayotgan zamonaviy tadqiqotlarni yoritishga qaratilgan. Jurnalda global va mahalliy iqtisodiy masalalar, menejment strategiyalari, moliyaviy texnologiyalar va pul tizimlaridagi innovatsiyalarni tahliliga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar berib boriladi. Shuningdek, mazkur jurnal iqtisodiyot va boshqaruv sohasida chuqur tahlillar, innovatsion yechimlar va dolzarb masalalar bo‘yicha ilmiy yondashuvlarni keng ommaga taqdim etib boradi.
«Iqtisod, menejment va pul» ilmiy jurnalining asosiy maqsadi tadqiqotchilar, amaliyotchi mutaxassislar, oliy ta’lim muassasalari vakillari va iqtisodiy siyosat yurituvchilarga yangi bilimlarni yetkazish va amaliy tavsiyalar berishga xizmat qilishdir.
Oriental universitetining rivojlanish va yuksalish tomon qo‘ygan yana bir qadami barchamizga muborak bo‘lsin, azizlar!


Teglar:oriental universiteti, yangiliklar


