
Navbatdagi hamkorlik qadamlari
Oriental va Kibris Amerikan universitetlari o‘rtasida hamkorlik qadamlari boshlandi!
O‘zbekiston Oriental universiteti “Sharq tillari” kafedrasi professori Salima Rustamiy Кiprda joylashgan Kibris Amerikan universitetida bo‘ldi. O‘zbek olimasini Kibris Amerika universiteti (KAÜ) Bosh kotibi, dotsent Doktor Alp Karaja va ma’muriy koordinator Doktor Emel Yilmazlar kutib olishdi.
Ikki universitet vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda o‘zaro tadqiqot ishlari, tadbirlar va doimiy ta’lim markazlari faoliyatini rivojlantirish maqsadida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Ikki universitet uchun ham ilmiy va madaniy sohada manfaatli bo‘lgan mazkur uchrashuvda turli loyihalar va ta’lim sohasidagi hamkorliklar haqida so‘z yuritildi.
Bu haqida Kibris Amerika universiteti (KAÜ)ning rasmiy saytida (https://www.flaskibris.com/gundemselima-rustamiy-ve-dr-gulbahar-kadir-kibris-amerikan-universitesini-ziyaret-etti-h17735.html) ham batafsil ma’lumot berildi.






