Oriental University — Header

Ogohlik – davr talabi

Oriental universitetida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, talaba-yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash hamda yosh avlodga milliy qadriyat va an’analarimizning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida «Jaholatga qarshi ma’rifat» shiori ostida «Yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan asrash – barqarorlik omili” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni universitetning Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Baxtiyor Arabov kirish so‘zi bilan ochib berdi. 

Davra suhbati tarzda tashkil etilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi, «Ma’rifiy targ‘ibot markazi» direktorining o‘rinbosari Mirzohid Hidirov hamda qo‘mitaning mas’ul xodimi Zokirjon Mardonovlar tomonidan mavzuga oid ilmiy-tahliliy ma’lumotlar aytib o‘tildi va talabalarning barcha savollariga batafsil javob berildi.