Oriental University — Header

ORIENTAL CHEMPIONLARI YANA BIR OLTIN MEDAL SOVRINDORI BO‘LDI

Boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining final janglari 22-yanvar kuni Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tdi. Musobaqada erkaklar va ayollar 10 tadan vazn toifasida mamlakat chempionligi uchun ringga ko‘tarildi. Ushbu nufuzli musobaqada Oriental universiteti magistrantlari — boks bo‘yicha Osiyo va jahon chempioni Jahongir Zokirov hamda uch karra Osiyo chempioni Aziza Zokirovalar muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra Jahongir Zokirov +90 kg vazn toifasida, Aziza Zokirova esa –70 kg vazn toifasida ishtirok etib, oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. Chempionlarimizni ushbu faxrli natijalari bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham yanada ulkan marralarni zabt etishlariga tilakdoshmiz!