Oriental University — Header

PROFESSOR SALIMA RUSTAMIY SINOP UNIVERSITETI REKTORI BILAN UCHRASHDI!

Turkiyaning Sinop universiteti mezbonligida bo‘lib o‘tayotgan “11-Xalqaro ASES Ilmiy Tadqiqot Kongressi” doirasida Oriental universiteti professori, filologiya fanlari doktori (DSc) Salima Rustamiy Sinop universiteti rektori, professor Şakir Taşdemir boshchiligidagi uchrashuvda ishtirok etdi. Muloqot davomida Sinop universiteti va Oriental universiteti o‘rtasida o‘quv jarayonini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda istiqboldagi ilmiy almashinuv dasturlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun: Sinop universiteti 2007-yilda tashkil etilgan davlat universiteti bo‘lib, hozirgi vaqtda 15 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Universitetda asosan ta’lim, filologiya, ijtimoiy fanlar, muhandislik, tabiiy fanlar va biznes yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

ORIENTAL Matbuot xizmati