
QATARDAGI ABERDEEN UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK!
Oriental universiteti asoschisi Nozim Mamatokhunov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Farrux Xudayberdiyev hamda Qatardagi Aberdeen universiteti rektori Brian Bakli ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Xususan, Oriental universiteti talabalari uchun Qatarda yozgi amaliyot (internship) dasturini tashkil etish masalasi muhim yo‘nalish sifatida ko‘rib chiqildi. Mazkur dastur doirasida talabalarga Qatarning eng nufuzli va global miqyosda yetakchi tashkilotlarida interaktiv amaliyot o‘tash imkoniyati yaratilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Jumladan, Qatar Airways, Hamad xalqaro aeroporti, Qatar Fan va Texnologiyalar Parki, Al Jazeera media tarmog‘i, Qatar moliyaviy markazi hamda Qatar Education City kabi tashkilotlarda amaliyot o‘tash imkoniyatlari nazarda tutilmoqda. Ushbu hamkorlik Oriental universiteti talabalari uchun xalqaro tajriba orttirish, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va professional salohiyatni oshirish yo‘lida muhim imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.



Teglar:oriental universiteti, yangiliklar


