Oriental University — Header

Oriental universitetida navbatdagi Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi

Kengash majlisida universitet oldida turgan quyidagi dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi:

– HEMIS platformasiga ma’lumotlarni joylash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida;
– Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichiga 2023-2024 o‘quv yili 3- va 4-chorak uchun qabul qilingan mustaqil izlanuvchilarning dissertasiya mavzusi, ilmiy rahbari va SHIRni tasdiqlash to‘g‘risida;
– “Oriental faxri” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida;
– Universitetda ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limini tashkil etish to‘g‘risida;
– O‘quv adabiyotlari va monografiyalarni nashrga tavsiya etish;
– 2025-yilda universitet tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro konferensiyalar mavzularini tasdiqlash;
– Universitet bosh ilmiy mavzusi hamda kafedralarning ilmiy mavzularini tasdiqlash;
– “Iqtisod, menejment va pul” elektron ilmiy jurnal nizomini tasdiqlash.
– Oriental universiteti bitiruvchi talabalarini kelgusida brend kompaniyalar va tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari to‘g‘risida;
– Universitetga grant loyihalarini kiritish to‘g‘risida.

Kengash yakunda bildirilgan fikrlar, takliflar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.