Oriental University — Header

ORIENTAL O‘QITUVCHISI XALQARO FORUMDA GRANT ASOSIDA ISHTIROK ETDI!

2024-yilning 18-31-dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasi tashabbusi bilan ekologik monitoring, aqlli qishloq xo‘jaligi, ilg‘or innovatsion ishlanmalar hamda axborot texnologiyalarini hamkorlikda rivojlantirishga qaratilgan forum va xalqaro trening kurslari bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda Oriental universiteti Pedagogika fakulteti “Uzluksiz ta’lim” kafedrasi dotsenti Akmal Ungalov grant asosida ishtirok etdi. Treninglar davomida Xitoy Xalq Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar, innovatsion texnologiyalarning amaliyotga joriy etilishi, shuningdek, ilm-fan va ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik mexanizmlari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.

E’tiborlisi shundaki, mazkur xalqaro tadbirda O‘zbekiston nodavlat oliy ta’lim muassasalari orasida Oriental universiteti faoliyatiga birinchilardan bo‘lib alohida e’tibor qaratildi hamda uning ta’lim va ilmiy salohiyati yuqori baholandi. O‘zaro hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan olib borilgan muzokaralar natijasida Oriental universiteti kelgusida Zhejiang texnologiyalar universiteti (Zhejiang University of Technology) hamda Xitoy Fanlar akademiyasining Shenchjen ilg‘or texnologiyalar instituti (Shenzhen Institute of Advanced Technology, Chinese Academy of Sciences) bilan ilmiy-ta’limiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida hamkorlik memorandumlarini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdi. Mazkur kelishuvlar Oriental universitetining xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni birgalikda amalga oshirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanadi.