Oriental University — Header

ORIENTAL USTOZLARINING UNPAKDAGI ILMIY SEMINARI!

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Oriental universiteti professor-o‘qituvchilari xalqaro akademik dastur doirasida Indoneziya davlatida xizmat safarida bo‘lib turishibdi. Xizmat safari mobaynida universitetning “Tillar-2” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Dilshod Nasirov va Abdulahad Isakovlar Pakuan universitetining Ijtimoiy va gumanitar fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda talabalar uchun “Ilmiy faoliyatda madaniy nuqtai nazarlarni uyg‘unlashtirish: indoneziyalik talabalarning o‘zbek an’analaridan o‘rganishi mumkin bo‘lgan jihatlar” mavzusida ilmiy seminar tashkil etdilar. Seminar davomida har ikki oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari Indoneziya va O‘zbekiston madaniyati, urf-odatlari, an’analari hamda ta’lim tizimi bo‘yicha fikr almashdilar.

Xizmat safari davomida vakillarimiz dars mashg‘ulotlari bilan bir qatorda Pakuan universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Xalqaro jamoatchilik xizmati” dasturida ham faol ishtirok etishdi. “O‘zaro aloqalarni rivojlantirish va madaniy almashinuvni kengaytirish” mavzusida tashkil etilgan ushrashuv doirasida universitetimiz vakillari Bogor shahridagi Karingin shaharchasida bo‘lib, u yerdagi mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida ikki mamlakatda mahalliy tadbirkorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, kichik biznesni rivojlantirish mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.

ORIENTAL Matbuot xizmati