Oriental University — Header

Orientalning faxrli yoshlari

“Bizning faxli yoshlar” ruknimizning bugungi qahramoni Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishining 3-bosqich talabasi Gullola To‘xtayeva.

 Gullola To‘xtayeva joriy yilning sentabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan Xalqaro MDH davlatlari oʻrtasida tashkil etilgan ilmiy-amaliy maqolalar tanlovida oʻz ijod ishlari bilan ishtirok etib, gʻolib deb topildi hamda “Yurt iftixori” esdalik nishoni va diplom bilan taqdirlandi.

 Gullola 2023-yili universitetimizda o‘tkazilgan «Universitet iqtidorli talabalarining birinchi ilmiy-amaliy anjumani»da ishtirok etib, maxsus sertifikat bilan taqdirlangan. U hozirgi kunda Andijon viloyati “Qizlar klubi” aʼzosi hamda «Mahalla yoshlar faoli». Gullola yaqinda Andijon shahridagi 31-KTIMTTda bosh tarbiyachi sifatida ish boshladi.

U 2023-yilda «Yilning eng faol talabasi» nominatsiyasi bilan hamda 2024-yili «Best student of the year» tanlovida kreativ fikrlari bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, «Kitobxon yoshlar ligasi» Respublika onlayn kitobxonlik tanlovining maxsus sertifikatiga munosib deb topilgan.

Gullola kabi iqtidorli talabalar universitetimiz faxridir! Erishgan yutuqlari bilan iste’dodli talabamizni muborakbod etamiz va kelgusidagi ijodiy va ilmiy ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar doimo hamroh bo‘lishini tilab qolamiz!