Oriental University — Header

Ta’lim kreditiga onlayn ariza topshirish bo’yicha video qo‘llanma

1. Buning uchun talim-krediti.mf.uz portaliga OneID (https://t.me/nodavlattalim/2205) orqali kirasiz.

2. So’ng, shaxsiy kabinetingizni ochasiz, ekranni yuqori o’ng qismida «Ariza jo’natish» knopkasini bosasiz.

3. Bu yerdan birinchi bo’lib viloyat, tijorat banki, bank filiali va kredit miqdori to’ldiriladi.

4. Keyin to’lov shartnomasi tekshiriladi. Shartnoma bo’lmasa, kontrakt.edu.uz saytiga kirib, To’lov shartnomasini olish uchun ariza yuborish kerak bo’ladi. Bu haqidagi qo’llanmani shu xabardan keyin ko’rishingiz mumkin.

5. Undan so’ng kafil ma’lumotlarini kiritasiz va ariza jo’natish knopkasiga bosasiz. Ariza statusini arizalar menyusidan tekshirib borsa bo’ladi.