Oriental University — Header

Turkiyaning Recep Tayyip Erdoğan universitetida oʻqish granti uchun saralashning 1-bosqich yozma-imtihon natijalarini e’lon qilamiz!

20-noyabr kuni universitetimizning 100 dan ortiq talabgor talabalari Turkiyaning nufuzli Recep Tayyip Erdoğan universitetida grant asosida oʻqish uchun saralashning 1-bosqichidagi yozma-imtihonlarini topshirdilar.

Endilikda esa saralashning 1-bosqich yozma-imtihonidan oʻtgan nomzodlarning natijalari bilan yuqorida tanishishingiz mumkin.

Saralashning ushbu 1-bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabalarimizni tabriklagan holda, ularni ertaga 21-noyabr kuni soat 10:00 da boʻladigan navbatdagi 2-bosqich ogʻzaki imtihonda kutib qolamiz.

Saralash imtihonlarining bu bosqichi ham Oriental universitetining Chuqursoy binosida boʻlib oʻtadi. Eslatib oʻtamiz, kech qolgan talabalar imtihonga kiritilmaydi.