
Universitetimizda Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi!
Oriental universitetida navbatdagi Ilmiy kengash majlisi o‘tkazilib, kelgusi o‘quv yiliga oid muhim yo‘nalishlar belgilab olindi. Majlis davomida o‘quv tizimini yangilash, talabalar amaliyoti va bandligini kuchaytirish hamda ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi Ilmiy kengash majlisida kelgusi o‘quv yiliga oid aniq va amaliy natijaga yo‘naltirilgan qarorlar qabul qilindi. Muhokamalar davomida o‘quv jarayonini yangilash, talabalar amaliyoti va bandligini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.






Oriental universitetida o‘tkazilgan Ilmiy kengash majlisi хulosalariga ko‘ra 2026-2027 o‘quv yilidan boshlab universitetimizda:
☑️ ta’lim jarayoni amaliyot bilan yanada integratsiya qilinadi;
☑️ talabalar o‘qish davomida kasbiy ko‘nikmalarni egallashga yo‘naltiriladi;
☑️ bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishiga xizmat qiladigan mexanizmlar kuchaytiriladi.



Bu esa shuni anglatadiki, universitetda tahsil olgan talaba faqat nazariy bilim bilan cheklanmaydi, balki o‘qish jarayonidayoq real ish tajribasiga ega bo‘lib boradi va bitiruv bosqichiga kelib mehnat bozoriga tayyor mutaxassis sifatida shakllanadi.
ORIENTAL Matbuot xizmati


