Oriental University — Header

XALQARO AKADEMIK DASTUR: UNPAKDA DARSLAR QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA!

Indoneziya davlatidagi xalqaro akademik dastur doirasida Oriental universitetining “Tillar-2” kafedrasi mudiri, dotsent Dilshod Nasirov, katta o‘qituvchi Abdulahad Isakov, shuningdek, “Biznes va boshqaruv” kafedrasi katta o‘qituvchilari Boburbek Hakimov va Farrux Turdiqulov Pakuan universiteti (UNPAK) talabalariga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan jadval asosida dars mashg‘ulotlarini olib bormoqdalar. Uch haftaga mo‘ljallangan va ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur darslarning ikkinchi haftasida universitetimiz o‘qituvchilari belgilangan o‘quv reja va jadval asosida UNPAK talabalariga muntazam ravishda mashg‘ulotlar o‘tishni davom ettirmoqdalar.

Oriental universiteti o‘qituvchilari tomonidan xalqaro akademik dastur doirasida UNPAKda o‘tkazilayotgan darslar joriy yilning 8-dekabr sanasiga qadar davom etadi.

ORIENTAL Matbuot xizmati