
Xalqaro ilmiy seminar
Oriental universitetida Turkiyaning Rejep Toyyib Erdogan universitetidan tashrif buyurgan bir guruh tarixchi olimlar hamda «Tarix» kafedrasi bilan hamkorlikda «Turk tamaddunida Movarounnahrning o‘rni» mavzusida Ilmiy seminar o‘tkazildi.
Mazkur ilmiy seminarda turk va o‘zbek olimlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda turk tamadduni ixlosmandlari ishtirok etishdi.
Seminar yakunida o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan turk olimlari hamda professor-o‘qituvchilar universitet rektori Nozimjon Mamatoxunov tomonidan sertifikat bilan taqdirlandilar.











