
Xalqaro ta’lim diplomatiyasida yangi qadamlar!
Oriental universiteti xalqaro hamkorlikni kengaytirish va ta’lim sifatini oshirish maqsadida joriy yilning sentabr–dekabr oylariga mo‘ljallangan yangi tashabbuslarni amalga oshirmoqda. Shu maqsadda bugun Malayziyaning Utara universiteti (UUM) professori Saliza Binti Abdul Aziz mehmon sifatida tashrif buyurdi. Professor Salizaning tashrifi davomida talabalar uchun ochiq ma’ruzalar, moliya va boshqaruv yo‘nalishida seminar mashg‘ulotlari o‘tkazishi kutilmoqda. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar bilan ilmiy muloqotlar tashkil etilib, birgalikda ilmiy maqolalar tayyorlash imkoniyatlari muhokama qilinadi. Bundan tashqari, tashrif davomida Oriental universiteti va Utara universiteti o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini yaratish, akademik almashinuv loyihalarini rivojlantirish hamda Erasmus+ dasturlarida qo‘shma ishtirok etish masalalari ko‘rib chiqiladi.






ORIENTAL Matbuot xizmati


