
Olam nurga to’lsin sen bilan Navro’z!
Bugun Oriental universitetida “Olam nurga to‘lsin sen bilan Navro‘z!” shiori ostidagi bayram sayli tashkil etildi.
Bayram sayli mobaynida milliy o‘zligimizdan dalolat beruvchi an’anaviy dasturxonlar, milliy taomlar namoyishi o‘tkazildi.
Talaba-yoshlar tomonidan yurtimizning har bir viloyatiga xos bo‘lgan turlicha urf-odat va qadriyatlar, noz-u ne’matlar hamda milliy liboslar haqida ma’lumotlar berildi.
Navro‘z sayliga kelgan iste’dodli bolalar ansambllari, xushovoz xonandalar, ijodkor talabalarning biri-biridan ajoyib, sho‘x kuy-qo‘shiqlari yig‘ilganlarga yanada xushkayfiyat ulashdi.















Teglar:bahor, navroz, oriental universiteti


