
Innovatsion va korporativ hamkorlik
Oriental universiteti hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi!
Mazkur hamkorlik memorandumi bo‘yicha Oriental universiteti hamda Markaz bundan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimi va Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyalari hamda mamlakat ilmiy-texnikaviy taraqqiyotining strategik dasturlariga muvofiq fundamental, innovatsion va amaliy tadqiqotlar sohasida davlat siyosatini yuritish maqsadida oʻzaro manfaatli amaliyotni tashkil etishda innovatsion va korporativ hamkorlikni amalga oshiradi.






Teglar:hamkorlik, oriental universiteti, yangiliklar


