Oriental University — Header

O‘ZBEKISTON-QUVAYT BIZNES FORUMI!

Oriental universiteti rektori N.Mamataxunov, rektorning xalqaro aloqalar bo‘yicha maslahatchisi M.Ahmedov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i F. Xudoyberdiyev O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbarligida Kuvayt davlatida o‘tkazilgan “O‘zbekiston–Kuvayt biznes forumi”da ishtirok etdilar. Mazkur nufuzli tadbirda O‘zbekiston va Kuvayt davlatlarining rasmiy vakillari, yetakchi investorlar hamda yirik tashkilotlar vakillari ishtirok etib, iqtisodiyot, investitsiyalar va ta’lim sohalarida o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar. Forum doirasida Oriental universiteti hamda Kuwait Investment Company o‘rtasida rasmiy hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat Oriental universiteti rektori N.Mamataxunov va Kuwait Investment Company bosh ijrochi direktori Fawaz S. Al-Ahmad tomonidan imzolandi. Mazkur kelishuv tomonlar o‘rtasida qo‘shma tashabbuslar, akademik rivojlanish, shuningdek, investitsiyalar bilan bog‘liq ta’lim dasturlarini joriy etish uchun yangi imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda. Shu bilan birga, memorandum Oriental universitetining xalqaro miqyosdagi nufuzini mustahkamlashga hamda Kuvaytdagi yetakchi moliyaviy va ta’lim muassasalari bilan uzoq muddatli va barqaror hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.