Oriental University — Header

Orientalda «XON ATLAS» festivali

Xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida tashkil etilgan festival doirasida talaba-qizlar, ustozlar hamda xodimlar atlas, adras va shoyi kabi milliy matolardan tikilgan go‘zal liboslar bilan o‘z milliyligimizni tarannum etib, o‘zbekona kiyinish san’atining o‘ziga xosligini namoyish etdilar.