
Orientalda ilmiy salohiyat oshib bormoqda!
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan Oriental universiteti Pedagogika fakulteti “Uzluksiz talim pedagogikasi” kafedrasi dotsenti Farida Egamberdiyeva professor ilmiy unvoniga, Filologiya fakulteti «Sharq tillari» kafedrasi mudiri Gavhar Rahmatova hamda Jismoniy tarbiya fakulteti dekani Nodirbek Xudoyberdiyevlar dotsent ilmiy unvoniga loyiq deb topildilar.
Shu munosabat bilan Oriental universiteti rektori Mamataxunov Nozimjon Azizovich ustozlarni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etib, Farida Egamberdiyevaga professor, Gavhar Rahmatova hamda Nodirbek Xudoyberdiyevlarga dotsentlik diplomlarini topshirdi.
Universitet jamoasi ham ustozlarni ushbu muvaffaqiyat bilan qutlaydi va ularning kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi!



Teglar:oriental universiteti, yangiliklar


