
«Jadidlar. Turkistonga maktublar»
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 30-avgustdagi № 01-15-200-sonli topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida Oriental universiteti jamoasi 2024-yil 10-sentabr kuni “Tashkent City Mall” savdo markazida “Jadidlar. Turkistonga maktublar” nomli jadidlarning ta’lim va maorif sohasidagi tashabbuslariga bag‘ishlangan multimedia ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
Universitetning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar rahbarligida 50 dan ortiq talabalar tariximizning eng yorqin sahifalarini turli xildagi lavhalar orqali ko‘zdan kechirishdi. Shuningdek, mazkur namoyishda taqdim etilgan videolavhalar orqali talaba-yoshlar Germaniyaga oʻqishga yuborilgan, u yerda ilm olib, yurt qayg‘usiga malham bo‘lish istagidagi turkistonlik talabalar hayoti va taqdiriga oid tarixiy ma’lumotlar bilan batafsil tanishishdi.
Shuni ta’kidlash o‘rinliki, tariximizdan xabardor qilishga chorlovchi bunday ko‘rgazmalar talaba-yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi.






Teglar:oriental universiteti, tadbir, Zakovat


