
Talabalar taassuroti
Bugun Oriental universitetida Malayziyaning Utara universitetida grant asosida o‘qish imkoniga ega bo‘lgan talabalar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Avval xabar berganimizdek, 2023-yil noyabr oyida Oriental universiteti talabalari o‘rtasida ingliz tili fanidan olimpiada o‘tkazilgan edi. Olimpiyada natijalariga koʻra eng yuqori koʻrsatkichga erishgan talabalar universitet hisobidan Malayziya davlatidagi Utara universitetida 6 oy davomida oʻqish imkoniyatiga ega bo‘lgan edilar.
Bugungi davra suhbatda Malayziyada tahsil olib kelgan talabalarimiz ushbu imkoniyatni qanday qilib qo‘lga kiritishgani, u yerdagi yashash va ta’lim olish uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida tengdoshlariga qiziqarli ma’lumotlarni aytib berib, olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Tadbir yakunida talabalar Oriental universiteti rahbariyatiga yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun berilayotgan barcha imkoniyatlar uchun o‘z minnatdorliklarini bildirdilar.






Teglar:oriental universiteti, tadbir


