
Orientalda navbatdagi xushxabar
Universitet dekan o‘rinbosari Bobirmirzo Botirov g‘oliblar qatorida!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sport vazirligi tomonidan 26-28-sentabr kunlari shashka sport turining respublika final bosqichi o‘tkazildi.
Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etilgan mazkur musobaqada republikamizning barcha hududlaridan 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifalaridagi sportchilar ishtirok etishdi.
«Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida tashkil etilgan shashka sport musobaqasining respublika final bosqichida 27-30 yosh toifasida Oriental universiteti Pedagogika fakulteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Boburmirzo Botirov 2-o‘rin sohibi bo‘ldi hamda diplom, medal va notebook bilan taqdirlandi.
Universitet jamoasi Boburmirzo Botirovni ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etadi va kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi!



Teglar:oriental universiteti, Sport


