Oriental University — Header

KUWAIT INVESTMENT COMPANY (KIC) DELEGATSIYASINING ORIENTAL UNIVERSITETIGA TASHRIFI!

Oriental universitetining xalqaro hamkori bo‘lgan, Kuvaytning eng yirik va nufuzli investitsiya institutlaridan biri — Kuwait Investment Company (KIC) delegatsiyasi universitetga tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibidan KIC raisi doktor Yousof Alali, bo‘lim direktori Faisal Almeshari, shuningdek, vitse-prezidentlar Talal Alfahad va Ahmad Awad o‘rin oldi. Ma’lumki, joriy yilning avgust oyida Oriental universiteti rahbariyati Kuvaytga tashrif buyurib, KIC bilan xalqaro hamkorlik memorandumi imzolagan edi. Bugungi tashrif davomida tomonlar ushbu hamkorlikni ikkinchi — rasmiy va amaliy bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qildilar. Erishilgan kelishuvlarga muvofiq, Kuwait Investment Company Oriental universitetida quyidagi tashabbuslarni bosqichma-bosqich amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi:

• Zamonaviy universitet kampusi va talabalar turar joyini qurish;
• Ilg‘or ta’lim dasturlarini joriy etish, xalqaro akkreditatsiyalarga erishish, xorijiy professorlarni jalb qilish hamda QS Top 1000 global reytingiga kirish yo‘lida ishlash;
• Yuqori sifatli ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni ta’minlash maqsadida universitetning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

Mazkur tashrif Oriental universitetining xalqaro rivojlanish strategiyasini jadallashtirish hamda global investitsiya va akademik muassasalar bilan hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi muhim bosqich bo‘ldi.