Oriental University — Header

Uzbekistan & Kuwait Invest Forum 2024 bo‘lib o‘tdi!

16-oktyabr kuni, Toshkent shahridagi InterContinental mehmonxonasida 30 dan ortiq Quvayt investorlari ishtirokida katta forum bo‘lib o‘tdi.

Forumda ijtimoiy-iqtisodiy hamda ta’lim sohalariga katta investitsiyalar jalb qilish va xalqaro hamkorlik o‘rnatish taklif-rejalari taqdim etildi.

Forum doirasida Oriental universiteti rahbariyati vakillari va universitetimiz hamkorlik o‘rnatgan Quvaytning eng yirik kompaniyalaridan biri — Kuwait Investment Company vakillari ham qatnashdi.

Eslatib o‘tamiz: Bugun Kuwait Investment Company vakillari Oriental universitetiga tashrif buyurishadi. Tashrif tafsilotlarini kuzatib boring.