Oriental University — Header

Ichki turnir

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining «Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va qobilyatlarini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Besh tashabbus olimpiadasi»ning 2024-yilgi mavsumini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida» joriy yilning 16-fevraldagi 28-sonli bayonida keltirilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Oriental universitetida sportning mini futbol turi bo‘yicha fakultetlarning ichki turniri tashkil etildi.

Tez kunlarda fakultetlar o‘rtasidagi bahslar boshlanadi va unda g‘olib jamoalar orasidan universitet terma jamoasi shakllantiriladi.