
Orientalda forum
Bugun Oriental universitetida 11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Sening tashabbusing — sening kelajaging uchun” shiori ostida manfaatli forum boʻlib oʻtdi.
Mazkur forumda Pedagogika fakulteti Psixologiya yoʻnalishi 2-bosqich talabasi, dizayner, imijmeyker, stilist Zilola Hamidova tomonidan “Zamonaviy boshqaruvchi imidji” mavzusida qiziqarli master klass oʻtildi.
«Talabadan talabaga» loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirda qizlarga samimiy tilaklar bildirilib, ularning taʼlim va ijtimoiy hayotdagi ahamiyati yuqori ekanligi alohida taʼkidlandi.






Teglar:oriental universiteti, tadbir, yangiliklar


