
Malayziya professorlaridan mahorat darsi
Bugun Oriental universitetida Malayziyaning Tun Hussein Onn universiteti professori Abdul Talib Bon hamda Til tadqiqotlari markazi raisi, doktor Azmi Bin Abdul Latiflar tomonidan Oriental universiteti professor-o‘qituvchilari ushun mahorat darsi tashkil etildi.
Eslatib o‘tamiz, Malayziyaning Tun Hussein Onn universitetidan tashrif buyurgan ushbu ustoz-professorlar tomonidan joriy yilning 7-noyabr sanasidan boshlab shu oyning 22-kuniga qadar Oriental universiteti ustoz va talabalari uchun mahorat darslari olib boriladi.








