Oriental University — Header

Oriental Universiteti va Malayziyaning Tun Hussein Onn Universiteti oʻrtasida hamkorlik

Oriental universitetiga Malayziyaning Tun Hussein Onn Universitetidan Texnologiya menejmenti va biznes fakulteti professori Abdul Tolib Bon va Til tadqiqotlari markazi raisi Doktor Azmiy Abdullatif tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida Oriental va Malayziyaning Tun Hussein Onn Universiteti oʻrtasida akademik hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandumga koʻra, endilikda Malayziyaning Tun Hussein Universitetiga:

  • talaba alamashinuv dasturi asosida talabalarni oʻqishga yuborish;
  • professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish;
  • magistratura va doktorantura bosqichlari uchun ham qoʻshma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish;
  • xorijiy mutaxassislar tavsiya-koʻrsatmalariga muvofiq ilmiy ishlarni muvaffaqiyatli topshirish

va ta’lim doirasida bir qancha yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Shuningdek, Malayziyaning Tun Hussein Onn universitetidan tashrif buyurgan professor-oʻqituvchilar tomonidan ertadan boshlab 20 kun davomida Oriental universitetining talaba va ustozlari uchun oʻquv mashgʻulotlari hamda master-klasslar tashkil etiladi.