Oriental University — Header

Xalqaro hamkorlik

Oriental universitetida «Tarix» kafedrasi tomonidan Turkiyaning Kafkas universiteti bilan hamkorlikda “Tasavvuf tarixida Abul Hasan al-Xaraqoniy va Bahouddin Naqshband” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Mazkur ilmiy-amaliy anjumanda O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Misr, Jazoir, Qozog‘iston kabi 10 dan ortiq davlatlardan olimlar va tadqiqotchilar offline va online shaklda ishtirok etishdi.

Konferensiyada ishtirok etgan olimlar yurtimiz tarixida tasavvuf maktabining shakllanishi va unda Abul Hasan al-Xaraqoniy va Bahouddin Naqshbandiyning tutgan o‘rni haqida so‘z bordi. Shuningdek, ularning hayot yo‘li va ilgari surgan g‘oyalari haqida tahliliy fikrlar, yangi ma’lumotlar taqdim etildi. Anjuman ishtirokchilari, ayniqsa, talaba-yoshlar o‘zlari uchun qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Ilmiy-amaliy anjuman jarayonlari haqida Kafkas universiteti professori, doktor Halil Ibrahim Kaya hamda Oriental universiteti «Tarix» kafedrasi mudiri Islombek Bobojonovlar maʼlumot berishdi.