
Oriental universitetida uzoq muddatli strategik loyiha davom etmoqda!
Xabaringiz bor, Oriental universitetida tashkil etilgan «100 kitob mutolaasi» loyihasining navbatdagi kitobi uchun Tohir Malikning «Odamiylik mulki» asarini mutolaa qilish vazifa qilib belgilangan edi.
Rejaga muvofiq 7-noyabr kuni soat 12:00 da universitet kutubxonasida mazkur kitobning muhokamasi bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.
Ushbu davra suhbatida yurtimizdagi bir qator yetuk adabiyotshunos olimlarning ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Muhokamaga Tohir Malikning «Odamiylik mulki» asarini to‘liq mutolaa qilgan ustoz va talabalar belgilangan vaqtdan kech qolmasdan kelishlari so‘raladi.
Har tomonlama siz uchun manfaatli bo‘lgan tadbirda faol ishtirok eting!
Teglar:oriental universiteti, Zakovat


