Oriental University — Header

Oriental universiteti va Turkiya xalqaro ASES — Academy Of Scientific and Educational Studies akademiyasi bilan hamkorlikda xalqaro kongress oʻtkazildi.

2024-yil noyabr oyining 8-10 kunlari Oʻzbekistonda ilk marotaba Turkiyaning ASES (Academy Of Scientific and Educational Studies) akademiyasi bilan hamkorlikda “Anʼanadan kelajakka” mavzusida xalqaro ilmiy tadqiqotlar kongressi boʻlib oʻtdi. Kongressga akademiya direktori, professor Ali Soʻylemez, professor Mustafa Talas va Lokman Zoʻrlar tashrif buyurishdi.

Mazkur kongressda Oʻzbekiston, Turkiya, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Marokash, Indoneziya va boshqa davlatlardan 150 dan ortiq olim va tadqiqotchilar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar. Shular qatorida Oriental universitetining Xalqaro ishlar boʻyicha maslahatchisi Murodjon Ahmedov, “Sharq tillari” kafedrasi professori Salima Rustamiy, “Gʻarb tillari” kafedrasi katta oʻqituvchisi Gulchehra Musajonovalar ham oʻz maʼruzalari bilan qatnashdilar.

Kongress mehmonlari Oriental universiteti ustozlari tashabbusi bilan Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Hazrati Imom majmuasi, Mustaqillik va ezgulik monumenti kabi qadamjolar, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi Ozarbayjon til va madaniyat markazlari faoliyati va tarixi bilan ham tanishdilar.