
Ma’naviy- ma’rifiy tadbir
Oriental universiteti Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakultetida «O‘zbek qizining qiyofasi» shiori ostida «Qiz bolaning ko‘rki — ta’lim va tarbiyasida» mavzusi ostida ma’naviy- ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Farog’at Xudoyqulova, O‘zbekiston Milliy universiteti professori, falsafa fanlari doktori Enaxon Nishonboyeva, sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (phd), dotsent Xolida Ziyayeva va shu universitetning «Qizlarjon» klubi talaba-qizlari taklif qilindi.
Tadbirda Oriental hamda O‘zbekiston Milliy universitetlarining «Qizlarjon» va «Lider qizlar» klubi tomonidan she’riy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari hamda prezentatsiyalar namoyish etildi.
Tadbir so‘ngida ikki universitet o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish uchun bunday ma’naviy tadbirlar qamrovini kengaytirish to‘g‘risida fikrlar almashildi hamda mehmonlarga tashakkurnomalar topshirildi.






Teglar:tadbir


