
Mini-futbol turi bo‘yicha Toshkent shahar final bosqichi bo‘lib o‘tdi
“Besh tashabbus olimpiadasi” loyihasi doirasida oliy ta’lim muassasalari jamoalari o‘rtasida sportning “Mini-futbol” turi bo‘yicha Toshkent shahar final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Faxrli tomoni 92 ta universitet orasida o‘tkazilgan mazkur chempionat natijalariga ko‘ra Oriental universiteti jamoasi faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Oriental universiteti nomini sharafli himoya qilayotgan talaba-sportchilarimizga respublika bosqichida ham omad hamroh bo‘lishini tilab qolamiz!






Teglar:oriental universiteti, Sport


