Oriental University — Header

Indoneziyada boʻlib oʻtadigan xalqaro konferensiya uchun qabul qilingan ilmiy-maqolalarning saralash suhbati boʻlib oʻtdi!

Avvalroq Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan ICoMTED 2024 xalqaro konferensiya uchun maqolalar qabul qilish boshlanganini e’lon qilgan edik. (https://t.me/orientaluniversitetiuz/6900) Bugun qabul qilingan ushbu maqolalar doirasida maxsus saralash suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida professor-o‘qituvchilarimiz o‘z ilmiy izlanishlari va tajribalarini namoyish etdilar. Ushbu suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan ustozlar xalqaro doirada tajriba almashish, malaka oshirish va konferensiyada qatnashish uchun Indoneziya–Malayziyaga yo‘l oladilar.

Bu imkoniyat nafaqat ular uchun, balki universitetimizning ilmiy nufuzi hamda darajasi uchun ham muhim qadamlardan biri hisoblanadi.