Oriental University — Header

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida turizm rivojlanishiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi!

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Jahon va milliy turizm rivojlanishida zamonaviy trendlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. (https://t.me/iiau_official/25151)

Ushbu tadbirda Oriental universitetidan bir qator professorlar, xususan, Oriental universiteti dotsenti (Turkiya) Yilmaz Chankaloglu; Oriental universitetida o‘quv-treninglar o‘tib kelayotgan Malayziyaning Tun Hussein Onn universitetidan delegatsiya, jumladan: professor Abdul Talib Bon; Til tadqiqotlari markazi raisi, doktor Azmi Bin Abdul Latiflar ishtirok etishdi.

Konferensiyada Yilmaz Chankaloglu O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarni yuksak baholab, bu borada mavjud salohiyat va imkoniyatlarni ta’kidladi. Shuningdek, ushbu konferensiya turizmni yanada rivojlantirish va milliy turizmni xalqaro darajaga ko‘tarishga xizmat qilayotganini qayd etdilar. (https://t.me/iiau_official/25142)

Mazkur konferensiya nafaqat tajriba almashish, balki turizm sohasida zamonaviy trendlarni muhokama qilish uchun ham samarali bo‘ldi.