Oriental University — Header

ANQARA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI!

Oriental universiteti hamda Anqara Ijtimoiy fanlar universiteti (ASBU) o‘rtasida rasmiy hamkorlik memorandumi imzolanishi bilan xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi boshlanganini e’lon qilindi. Ushbu kelishuv akademik aloqalarni mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot imkoniyatlarini kengaytirish hamda bir qator muhim yo‘nalishlarda ta’lim sifatini oshirishni maqsad qilgan.

Mazkur memorandum doirasida quyidagi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvga erishildi:

• Talabalar uchun almashinuv va xorijda ta’lim olish imkoniyatlari orqali akademik mobillikni ta’minlash;
• Ijtimoiy fanlar yo‘nalishidagi ta’lim dasturlarini global standartlarga mos ravishda takomillashtirish;
• Psixologiya yo‘nalishidagi akademik dasturlarni rivojlantirish hamda zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy etish;
• Qadimgi dunyo tarixi bo‘yicha qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini tashkil etish;
• Ilmiy muloqot va bilim almashinuvini rivojlantirish maqsadida ikki tomonlama xalqaro konferensiyalar o‘tkazish;
• Universitet professor-o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli, maqsadli malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
• O‘zaro kelishilgan mavzular doirasida ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirish.

Mazkur hamkorlik ikki oliy ta’lim muassasasining akademik muhitini yanada boyitib, qo‘shma ilmiy izlanishlar, kasbiy rivojlanish hamda xalqaro hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.