
Orientalning Jahon chempionlari
Joriy yilning 27-30-noyabr kunlari dunyoning 20 dan ortiq mamlakati Rossiyaning Saratov shahrida UNIFIGHT boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etdi.
Mazkur sport turi Mix yoʻnalishlaridan biri sanaladi. Ushbu musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Oriental universiteti ustoz va talabalari ham ishtirok etishdi.
Musobaqada Oriental universiteti Jismoniy tarbiya fakulteti dekani Nodirbek Xudoyberdiyev Layt (kurash) yoʻnalishida kattalar oʻrtasida 90 kg. vaznda faxrli 3-oʻrinni egalladi.
Shuningdek, Jismoniy tarbiya fakulteti 2-bosqich talabasi Avazbek To‘xtamiurodov ham 70 kg vaznda faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.







Teglar:oriental universiteti, Sport, yangiliklar


