Oriental University — Header

Jakartadagi Pertamina Universiteti bilan yangi hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

Ayni paytda Malayziya-Indoneziya safarida boʻlib turgan Oriental universiteti jamoasi Indoneziya poytaxti Jakartada joylashgan Pertamina Universiteti bilan yangi hamkorlik memorandumi imzoladi.

Ushbu memorandum doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik olib borilishi rejalashtirilgan:

▫️ 2+2 dasturini yo‘lga qo‘yish — talabalarning ikki universitetda ta’lim olish imkoniyatini yoʻlga qoʻyish;
▫️ Talaba almashinuvi dasturi orqali talabalarni o‘qish va amaliyotga joʻnatish;
▫️ Ustozlar uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etish;
▫️ Ikki tomonlama xalqaro konferensiyalarni birgalikda o‘tkazish va hamkorlikda boshqa koʻplab ta’lim loyihlarini tashkil etish.

Mazkur hamkorlik talaba va ustozlarimiz uchun yana bir yangi imkoniyatlar eshigidir. Yangiliklarimizni kuzatishda davom eting!