Oriental University — Header

Xalqaro kongress

Avval xabar berganimizdek, Orental universiteti professori Salima Rustamiy Shimoliy Kipr Turk Respublikasida safarda bo‘lib, Kibris Amerikan universiteti faoliyati bilan tanishdi. Shu bilan birga Yaqin Sharq universiteti va Turkiyaning ASES (Academy Of Sciyentific and Educational Studiyes) akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan VII xalqaro ilmiy tadqiqotlar kongressiда o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

VII xalqaro ilmiy-tadqiqotlar kongressida O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Kanada, Rossiya, Portugaliya, Jazoir, Pokiston, Shri-Lanka, Indoneziya kabi davlatlardan 100 dan ortiq olim va tadqiqotchilar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Коngress davomida Yaqin sharq universiteti rahbariyati ASES va o‘zbekistonlik mehmonlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida Yaqin sharq universiteti rahbariyati Oriental universiteti bilan hamkorlik o‘rnatish har ikki tomon uchun o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda ko‘plab samara berishi mumkinligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida: Yaqin Sharq universiteti “2024 World University Impact Rankings”da dunyoning eng nufuzli universitetlari orasida 301-400 bandida joy olgan. Turkiyada 5-o‘rinni egallagan Yaqin Sharq universiteti Shimoliy Kipr Turk Respublikasining eng nufuzli universiteti sifatida ko‘rsatilgan.