
TURKIYA BILAN HAMKORLIK ALOQALARI YANGI BOSQICHDA!
Bugun Oriental universitetiga Turkiyaning Rejep Tayyip Erdo‘g‘an universitetidan bir guruh tarixchi olimlar tashrif buyurdi. Tashrif doirasida mehmonlar avvalo universitet rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdilar. Mazkur uchrashuv davomida tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Oriental universiteti va Rejep Toyyib Erdo‘g‘an universiteti o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar tarix, ilm-fan va akademik almashinuv sohalarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikr almashib, istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan kelishuvlarga erishdilar.








